Lokomotiv safida Ukraina va moldovalik futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda

Narzulla Saydullayev
18 dek 2013, 17:14
2014 yil futbol mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan temiryo'lchilar Chilonzorstadionida o'zaro ikki tomonlama nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Oqlar va qizillarga bo'lingan holda ikki teng kuchli jamoa o'zaro o'tkazildi. O'yinning dastlabki dekadasida ayni damda Loko ko'rigida bo'lib turgan ukrainalik Vyacheslav Shevchenko Jasur Hasanov (katta) – Ikrom Aliboev kombinaciyasidan so'ng hisobni ochdi. Shu natija birinchi bo'limda saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo'limda oqlar safida harakat qilgan Alisher Fayziev uzoq masofadan Roman Abdulov qo'riqlayotgan darvozani nishonga olib uchrashuvda muvozanatni tikladi. 1:1.

O'yin oxirida esa Ikrom Aliboevga qarshi ishlatilgan qo'pollikdan so'ng Islom To'xtaho'jaev penaltidan gol kiritib qizillarga g'alaba keltirdi.

Temiryo'lchilar safida ayni damda Roman Abdulov, Vyacheslav Shevchenko (Ukraina), Andrey Kozakari (Moldova), Sarvarbek Safarov, Alisher Fayziev kabi futbolchilar ko'rikdan o'tishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz