"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" o'yiniga kirish bepul

Narzulla Saydullayev
6 apr 2018, 21:30
"Lokomotiv" Superliga 5-turida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.

Stadionga yanada ko'proq muxlislar jalb etish,   ularga yanada ko'proq qulayliklar yaratishga intilayotgan "Lokomotiv" PFK mazkur uchrashuvga muxlislarning bepul tarzda kirishlarini taminlashga qaror qildi.   7 aprel kuni soat 18:00da "Lokomotiv" stadionida start oladigan uchrashuvni bevosita o'yingohdan kuzatishni maqsad qilgan barcha muxlislar "Lokomotiv" stadioni kassalariga murojaat qilishlari mumkin.   Kassada ularga 1-8 sektorlar uchun bepul biletlar taqdim qilinadi.

Qolaversa, stadionga tashrif buyuradigan barcha ishqibozlar klub do'konlaridan jamoamiz libos hamda atributlarini harid qilish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz