"Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvida mavsum antirekordi qayd etildi

Narzulla Saydullayev
17 may 2014, 17:54
Kecha oliy liganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" o'yini bo'lib o'tdi.
TTYMI stadionida bo'lib o'tgan bahsda 4:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvni ko'rish uchun stadionga 601 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Bu ko'rsatkich 2014 yilgi mavsumdagi antirekord sifatida qayd etildi. Shu kungacha oliy liga o'yinlariga ega kam muxlis 1-turdan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuviga kelgandi - 1003 tomoshabin.

Eng yaxshi natija 1-turdagi "Andijon" - "Paxtakor" bahsida qayd etilgan - 18221 tomoshabin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia