“Lokomotiv” qizil, “So'g'diyona” ko'k rangli libosda o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2018, 22:22
Superliga 18-turida “So'g'diyona” o'z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.

Uushbu bahs oldidan o'yin komissari Baxtiyor Mametov  boshchiligida har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida miting bo'lib o'tdi. Unda ertangi o'yinning tashkiliy masalalari hal qilindi va uchrashuvda jamoalar qanday libosda harakat qilishlariga aniqlik kiritildi. Unga ko'ra “So'g'diyona” yangi ko'k, “Lokomotiv” esa qizil rangli libosda harakat qiladi.

Eslatib o'tamiz, bahs ertaga 24 iyul kuni soat 19:00 da “So'g'diyona” stadionida boshlanadi.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати