"Lokomotiv" - O'zbekiston chempioni!

Narzulla Saydullayev
17 noya 2016, 17:49
2016 yilgi oliy liganing chempioni nomi ma'lum bo'ldi.

29-turdan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi.

Shu tariqa, "Lokomotiv" muddatdan avval mamlakat chempionligini nishonladi. Sababi ayni paytda "Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi ochkolar farqi 5tani tashkil qilmoqda. So'nggi turda "Bunyodkor" hech qanaqasiga "temiryo'lchilar"ga eta olmaydi.

2002 yilda tashkil topgan "Lokomotiv" klubi o'z tarixida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia