“Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvini “Mashal” bilan o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2017, 14:45
5 avgust sanasidan milliy chempionatimizda ikkinchi davra bellashuvlariga start beriladi.

Oliy Liga musobaqa jadvali peshqadami “Lokomotiv” 7 avgust kuni 16-tur o'yinlari doirasida Muborakning “Mashal” jamoasiga qarshi bahs yuritadi. Mazkur bellashuvni Rustam Bobomurodov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

7 avgust (dushanba)
Lokomotiv (Toshkent) – Mashal (Muborak)
Hakamlar:
R. Bobmurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Burov (Buxoro), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

Jamoalarning asosiy tarkiblari o'rtasidagi bahs dushanba kuni “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti – 19:30. Yoshlar jamoalari esa bir kun avval TTYMI stadionida o'zaro bahs olib borishadi. Yoshlar Ligasi uchrashuvi 18:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz