“Lokomotiv” “Nasaf” bilan to'qnashuvga hozirlikni boshladi

Aziz Tukhtamuradov
30 iyul 2017, 23:16
O'zbekiston kubogi yarim finaliga yo'l olgan Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi mazkur bosqichda “Nasaf” bilan to'qnash keladi.

“Temiryo'lchilar” oldindagi uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini boshlashdi. 

Bugun ham poytaxtliklar “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Mashg'ulot jarayonida jamoaning barcha a'zolari ishtirok etishdi. Dastavval barcha engil yugurib oldi. Keyin chigalyozdi mashqlari bajarildi. Yakunda esa jamoa ikkiga bo'lingan holda kichik o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz