

Samvel Babayan Xitoyga kyetishi natijasida bo'shab qolgan o'ringa "Lokomotiv" rahbariyati kimni tayinlash borasida bir to'xtamga keldi.
Ulug'bek Baqoev, Maksim Shackix hamda jamoaning sobiq murabbiylari Mirko Yyelichich va Andrey Fyodorov nomzodlari orasidan “temiryo'lchilar” Babayandan avval “Loko”ni boshqargan Andrey Fyodorov variantiga to'xtaldi.
Mirko Yyelichich va Andrey Fyodorov nomzodlarini jamoa futbolchilari ilgari surib, rahbariyatdan shu ikki mutaxassisdan birini tanlashni so'rashgan. Mirko Yyelichich varianti O'FAga maqul kelmagan. Chunki ayni paytda terma jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlayotgan mutaxassisni klubga qo'yib yuborishni O'FA istamagan. Shu boisdan Andrey Fyodorovga avval bo'lgani kabi jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Mirko Yyelichich ko'maklasha olmaydi.

Andrey Fyodorov ertaga O'zbekistonga qaytib kelishi va shundan keyin klub rahbariyati bilan uchrashib, so'ngra “Loko”da ishni qayta tiklashi kutilmoqda.



