Lokomotiv mashg'ulotlarni Dukentda davom ettirmoqda

Narzulla Saydullayev
3 sen 2013, 15:33
26 avgust kuni Lokomotiv jamoasi 22 milliy chempionatimizning navbatdagi 17-turida Navoiyda Qizilqum klubiga qarshi maydonga tushgan va 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edilar.

Temiryo'lchilarga ushbu o'yindan so'ng murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra jamoaga to'rt kunlik dam berilgan edi.

Qisqa muddatlik hordiq chiqarishdan keyin futbolchilar Dukent shaxarchasida, Nasaf klubiga qarshi o'yinga tayyorgarlik mashg'ulotlariga kirishdilar.

Ushbu tayyorgarlik jarayonida temiryo'lchilar Oliy ligamizning klublaridan biri bilan o'zaro o'quv-nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar.

Ayni damda Lokomotiv jamoasi 17 uchrashuvdan 39 ochko to'plagan holda musobaqa jadvalining 3-pog'onasidan joy olgan.

Eslatib o'tamiz, navbatdagi 18-turni jamoamiz 13 sentyabr kuni uyda Nasaf klubiga qarshi o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz