"Lokomotiv" "Mashal" bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013, 20:40
OCHL pley-offi uchun tayyorgarlik olib borayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi seshanba kuni nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu uchrashuv Toshkentda 24 dekabrda bo'lib o'tadi. "Temiryo'lchilar"ning raqibi Muborakning "Mashal" klubi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, aynan 24 dekabr "Lokomotiv" klubiga kumush medallar topshiriladi.

25 dekabr kuni esa "Mashal" Muborakda yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir tashkil etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia