"Lokomotiv" Javohir Sidiqovga qiziqmoqda

Tolibjon Qosimov
22 dek 2018, 12:18
17 dekabr sanasida rasman transfer oynasi ochilgan.

Klublarimiz allaqachon tarkibni shakllantirish ishlarini boshlab yuborishgan. Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" 19 dekabr kuni biryo'la uchta transferni e'lon qilgan edi.

Ayni paytda "temiryo'lchilar" "Qo'qon-1912" jamoasi yarim himoyachisi Javohir Sidiqovga ham qiziqish bildirishmoqda. "Lokomotiv" qo'qonliklar yoqimtoyini jamoadan ketgan futbolchilar o'rnini to'ldirish maqsadida jalb qilmoqchi. Bundan tashqari, chempionlar "Paxtakor"ni tark etgan Jamshid Iskanderovga ham qiziqishmoqda. Katta ehtimol bilan toshkentliklar yuqoridagi ikki markaziy yarim himoyachining hech bo'lmaganda biri bilan shartnoma imzolashadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia