"Lokomotiv" jahon chempionlarni 2:1 hisobida mag'lub etdi FOTO

Mirjalol Normatov
26 okt 2018, 21:05
Bugun "Lokomotiv" futbolchilari butun jamoa bo'lib, poytaxtimizdagi 23-sonli mehribonlik uyida mehmon bo'lishdi.

Avvaliga "Lokomotiv" futbol klubi tomonidan tashkil qilingan dasturxonga osh tortildi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va futbolchilar birgalikda milliy taomimizni tanovul qilishdi.

Shundan keyin kichik, biroq quvnoq savol-javob bo'lib o'tdi.

Ajoyib savolga, ajoyib javob:

- Kim yaxshi o'ynaydi? Marat Bikmaevmi yoki Sardor Rashidov?

Sardor Rashidov: "Marat"
Marat Bikmaev: "Ana bildingizmi kim yaxshiligini?"

Ushbu tadbir yakunlandi. Endi derbi boshlanadi! Chempionlar derbisi!

Mehribonlik uylari o'rtasida bo'lgan jahon chempionatining g'oliblari va O'zbekiston chempionatining amaldagi chempioni.

Anchagina qiziq o'tgan birinchi bo'limda "Lokomotiv"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi qayd etildi.

Ikkinchi bo'lim esa birinchisidan ham qiziqarli va tezkor hujumlar bilan o'tdi. "Lokomotiv" futbolchilari jahon chempionlarini mag'lub eta olmadi, 1:1. Ammo yakuniy hisob "temiryo'lchilar" foydasiga, 2:1. Ajoyib o'yin!, deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.

Ushbu sovg'alar 23-sonli mehribonlik uyiga tarbiyalanuvchilariga taqdim qilindi.

Shu bilan "Lokomotiv"ning 23-sonli mehribonlik uyiga uyushtirgan tashrifi o'z poyoniga etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz