“Lokomotiv” futbolchilariga “Joma”ning yangi liboslari tarqatildi

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2016, 15:15
Xabar berib o'tganimizdek, ertaga “Lokomotiv” jamoasi a'zolari o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etish maqsadida Dubayga yo'l olishadi

9 yanvardan boshlanadigan yig'in 22 yanvarga qadar davom etadi va 23 yanvar kuni vakillarimiz Toshkentga qaytib kelishadi.

Safarga ketish oldidan murabbiy va futbolchilarga “Joma” sport kiyimlari kompaniyasining yangi rusumdagi formalari tarqatildi. Liboslar faqat “Lokomotiv” futbol klubi uchun tikilgan bo'lib, futbolkalarning orqa yosasiga Lokomotiv so'zi tushirilgan. Shuningdek, ustki kiyimlarning o'ng tomoniga klub emblemasi tikilgan. Bu esa kiyimning sifatli va original ekanligidan darak beradi hamda eksklyuziv variant hisoblanadi. “Joma” liboslarining sifati va dizayni futbolchilarimizga maqul keldi.








O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz