"Lokomotiv" - "Fulad". Chiptalar deyarli sotib bo'lindi

Tolibjon Qosimov
4 mar 2015, 12:45
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi ikkinchi tur o'yinlari doirasidagi "Lokomotiv" - "Fulad" uchrashuviga bir necha soatlardan so'ng start beriladi.
Uchrashuv uchun chiqarilgan ikki toifadagi chiptalar "Lokomotiv" stadioni kassalarida sotilmoqda. Ayni paytga kelib chiptalarning asosiy qismi sotib bo'lindi.

Eslatib o'tamiz, birinchi toifadagi chiptalar 10 000 so'm, ikkinchi toifadagi chiptalar esa 5 000 so'mdan sotilyapti.

Uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz