"Lokomotiv"ga "eski tanishlar" qaytishi davom etadi...

Aslanov Jasurbek
28 dek 2019, 00:01
Yangi mavsum oldidan Fyodorov va Bikmaevdan keyin Kaxi Maxaradze ham temiryo'lchilar tarkibini boyitadi.

Bu haqda saytimiz jurnalisti Shahboz Beg'amov xabar bermoqda.

Maxaradze allaqachon So'g'diyonani tark etgan va yangi yilda Jizzaxdan yana Toshkentga ko'chadi.

O'zbekistondagi faoliyatini aynan Lokoda boshlagan Kaxi  keyinchalik Paxtakorda ma'lum vaqt to'p tepdi.  2016 yildan esa yana temiryo'lchilar safiga qaytib,  jamoasini ketma-ket 3 yil chempionlik shohsupasiga olib chiqishga katta hissa qo'shgandi. O'tgan mavsum So'g'diyonada ham yaxshi o'ynadi va jamoani yuqori o'rinlar uchun kurashishida katta hissa qo'shdi. 

Eslatib o'tamiz Maxaradze Superliga-2019 bahslarida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, gruziyalik futbolchi joriy mavsumda Superligamizda to'p tepgan legionerlar orasida eng ko'p maydonga chiqqan (26 ta) futbolchiga ham aylandi.

Maxaradze uchinchi bor Lokoga o'tmoqda va ikkinchi marotaba sobiq jamoasiga qaytmoqda!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia