“Lokomotiv” Dubayda

Narzulla Saydullayev
18 apr 2016, 17:51
Bugun ertalab Toshkentdan BAAning eng ko'rkam shaharlaridan biri Dubay sakri parvoz qilgan “Lokomotiv” futbolchilari uch yarim soatlik parvozdan so'ng manzilga yetib kelishdi.

Jamoa a'zolari Dubay xalqaro aeroportidan uncha uzoq bo'lmagan “Movenpick” mehmonxonasiga joylashishdi.

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasning 5-tur bahsini safarda “Al Nasr” klubiga qarshi o'tkazadi. Musobaqaning dastlabki to'rt turi yakuniga ko'ra, “temiryo'lchilar” 8 ochko bilan “A” guruhida birinchi o'rinni egallab turishibdi. Ikkinchi o'rinda esa aynan Dubayning “Al Nasr” klubi bormoqda va ular hisobida 7 ochko mavjud.

“Al Nasr” hamda “Lokomotiv” ishtirokidagi 20 aprel kuni “Al Maktum” stadionida bo'lib o'tadi. “Loko”ning Dubayga tashrif buyurgan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Mamur Ikromov

HIMOYACHILAR
Sherzod Fayziev
Islopm To'xtaxo'jaev
Xurshid Muxtorov
Oleg Zoteev
Sergey Proxorov
Salim Mustafoev

YARIM HIMOYACHILAR
Sadriddin Abdullaev
Sardor Mirzaev
Ikrom Aliboev
Server Jeparov
Timur Kapadze
Jasur Hasanov
Quvondiq Ro'ziev
Sanjar Shoahmedov

HUJUMCHILAR
Temurxo'ja Abduxoliqov
Marat Bikmaev
Doniyor Usmonov
Ivan Nagaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz