

Aniqrog'i, "temiryo'lchilar" 12-21 iyul kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishadi.
Yig'in davomida "Lokomotiv" futbolchilari Minsk shahrining ikkita jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Dastlabki o'yin 16 iyul kuni "Dinamo" (Minsk) bilan kechsa, ikkinchi bellashuv 19 iyulda "Krumkachi" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Belarus chempionati xuddi bizdagi kabi bahorning boshlarida start olgan va birinchi davra o'yinlari davom etmoqda. Turnir jadvalida "Dinamo" (Minsk) ikkinchi, "Krumkachi" esa beshinchi o'rinni egallab turibdi.



