“Lokomotiv” bugun chempionlik masalasini hal etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017, 08:57
Bugun Samarqandda Oliy Liga-2017 mavsumining eng hal qiluvchi uchrashuvlaridan biri bo'lib o'tadi.

Unda O'zbekiston chempionligi unvonini saqlab qolishga juda-juda yaqin turgan “Lokomotiv” “Dinamo” jamoasi mehmoni bo'ladi.

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, “Lokomotiv” ushbu uchrashuvda g'alabaga erishish orqali mavsum yakunlanishiga 1ta tur qolganida muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqadi. Bu orqali “temiryo'lchilar” ketma-ket ikkinchi yil Oliy Liga yetakchiligini saqlab qolgan bo'lishadi.


“Lokomotiv” bugun g'alaba qozonsa muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqadi.

Takidlash joizki, “Dinamo” hamda “Lokomotiv” jamoalari milliy chempionatlarimiz doirasida shu paytga qadar 23 marta o'zaro to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi natijalarda hozircha tenglik: Yani har ikki jamoa ham 10 martadan g'alabaga erishgan, 3ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. Bugungi bellashuvda g'alaba qozonadigan klub o'zaro o'yinlar tarixida raqibidan o'zib ketishga muvaffaq bo'ladi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, “Dinamo” so'nggi bor “Lokomotiv”dan o'z uyida 2013 yilda ustun kelgan. O'shanda samarqandliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan edi. Shundan so'ng “Loko” ushbu raqibga umuman yutkazmay kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz