"Lokomotiv" bugun Bolgariya klubi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2018
Yangi mavsum tayyorgarligini Turkiyada davom ettirayotgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi bugun ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Belekda o'tayotgan yig'in doirasidagi dastlabki raqib esa - Bolgariyaning "Cherno more" jamoasi bo'ladi.

Mazkur klub ham hozirda Belekda o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etmoqda. "Cherno more" 1945 yilda tashkil etilgan bo'lib, Bolgariya chempionati yuqori divizionining muntazam ishtirokchisi sanaladi. "Dengizchilar" jamoasi deya etirof etiluvchi mazkur jamoa asosan ko'k va yashil yo'l-yo'l liboslarda maydonga tushadi. "Cherno more" jamoasi Bolgariya chempionatida ayni paytda 7-pog'onada bormoqda.

Mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz