"Lokomotiv" Azizbek Haydarov va Timur Kapadzega omad tilaydi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2019, 11:38
"Lokomotiv" yarim himoyachisi Azizbek Haydarov futbolchilik faoliyatini yakunladi va tez orada yangilangan O'FAda ish boshlaydi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, Azizbek Haydarov O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i sifatida faoliyat olib boradi. "Lokomotiv"da 7-raqamda o'ynagan futbolchi jamoamizni tark etdi. 

Shuningdek, birinchi davrada "Lokomotiv" U-21 yoshlar jamoasiga ustozlik qilgan Timur Kapadze ham "temiryo'lchilar" bilan xayrlashdi. Endlikda Kapadze murabbiylik faoliyatini boshqa joyda davom ettiradi. Fursatdan foydalanib "Lokomotiv" klubi rivojiga o'z hissasini qo'shgan Azizbek Haydarov va Timur Kapadzening keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif