Lokomotiv argentinalik va belgiyalik futbolchi xarid qilishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
26 iyul 2017, 12:09
Moskvaning Lokomotiv klubi Rubinning bir yo'la ikki hujumchisini xarid qilishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Rubin bosh murabbiyi Kurban Berdiev Maksim Lestenn va Jonatas jamoani tark etishiga qarshi emas. Sababi klub moliyaviy feyr-pleyga amal qilishi zarur. 

Ammo bu transfer faqatgina Jonatas va Lestenn birgalikda ketishsa amalga oshishi mumkin. Braziliyalikni Rubin sotishga tayyor, belgiyalikni esa ijaraga berish niyatida. Yakuniy qarorni temiryo'lchilar ustozi Yuriy Semin qabul qiladi. Ta'kidlab o'tamiz, futbolchilar transferi bilan bog'liq barcha masalalar bevosita murabbiy roziligi bilan amalga oshiriladi. 

Eslatib o'tamiz, Loko asosiy hujumchisi Ari jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi 4 oydan 6 oygacha vaqt mobaynida maydonga tusha olmaydi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru