

Bu orada temiryo'lchilar to'rtta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishadi.
Dastlabki sinov-nazorat bahsi 3 fevral kuni Turkmanistonning Oltin Asr jamoasiga qarshi kechadi. Keyin 6 fevralda futbolchilarimiz Bosniya va Gertsegovinaning Saraevo FK klubi bilan kuch sinashishadi.
Keyingi ikkita bahs esa Qozog'iston va Ukraina jamoalari bilan bo'ladi. 10 fevralda Ordabasi, 12 fevralda esa Zaryaga qarshi nazorat bellashuvini o'tkazamiz.
Lokomotivning Antaliyadagi o'rtoqlik o'yinlari:
3 fevral. Lokomotiv - Oltin Asr
6 fevral. Lokomotiv - FK Saraevo
10 fevral. Lokomotiv - Ordabasi
12 fevral. Lokomotiv - Zarya



