“Lokomotiv-2004” – “Lokobol-2015” xalqaro turniri g'olibi!

Narzulla Saydullayev
21 iyun 2015, 17:25
"Lokomotiv" futbol maktabining 2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan "Lokobol" turnirida ishtirok etayotgan edi.
Rossiyaning Barnaul shahrida o'tgan “Lokobol-2015” turnirida “yosh temiryo'lchilar” juda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va yakunda musobaqaning bosh sovriniga ega chiqishdi.

Hal qiluvchi bahsda o'z guruhida yetakchi bo'lgan o'zbekistonlik yoshlar narigi guruh g'olibi bo'lgan Novokuzneckning "Metallurg-Kuzbass-2004" jamoasi bilan bahslashib, yirik 5:0 hisobida zafar quchishdi va musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.
Shu tariqa Otabek Mansurov bosh murabbiyligidagi "Lokomotiv-2004" ushbu xalqaro turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia