"Lokomotiv" 12 yanvar kuni BAAda "Qayrat" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2014, 12:13
Toshkentning "Lokomotiv" klubi 11 yanvardan to 25 yanvargacha Abu Dabi shahrida yig'in o'tkazishi haqida xabar berdik.
Ushbu yig'inda "Lokomotiv" Qozog'istonning "Qayrat" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu haqda fckairat.kz sayti xabar tarqatdi.

Oldinroq "Qayrat" Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan 11 yanvar kuni o'yin o'tkazishga kelishib olgandi. Biroq "sherlar"ning  BAAdagi yig'ini qoldirilgach raqib sifatida "Lokomotiv" tanlandi. Uchrashuv 12 yanvar kuni Abu Dabida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia