Le Figaro nashrining xabariga ko'ra, Angliyaning "Liverpul" klubi Loik Remiga qiziqmoqda.
Futbolchi bu mavsumda "Nyukasl"da ijarada o'ynadi. Aslida "Kuinz Park Reyndjers"ga tegishli bo'lgan futbolchi 12 million evroga baholanmoqda. "Qizillar" keyingi mavsumda YCHLda o'ynashadi, shu bois tarkibni kuchaytirishmoqda.