"Liverpul"ning italiyalik himoyachiga bo'lgan qiziqishi ortib bormoqda

Alisher Ostonov
10 avg 2025, 12:55
"Liverpul" "Parma" markaziy himoyachisi Jovanni Leonini jiddiy nishonga oldi.

18 yoshli futbolchi "qizillar" skautlari e'tiborini tortdi, bu haqda avval xabar berilgan edi va so'nggi bir necha kun ichida ingliz grandining qiziqishi yanada aniqroq bo'ldi, deya xabar bermoqda insayder Fabricio Romano yangilangan hisobotida. Italiyalik yulduz uchun "Inter", "Milan" va "Yuventus" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

"Liverpul" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar yangi markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashi taxmin qilinmoqda. Mersisaydliklarning ustuvor maqsadi "Kristal Pelas" vakili Mark Gexi hisoblanadi.

Jovanni Leonining narxi Transfermarkt portali tomonidan 18 mln evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano