"Liverpul"ga chempionlik uchun yana nechta o'yin kerak?

Alisher
25 fev 2020, 10:20
"Liverpul" kecha APL 27-turi doirasida "Vest Xem" (3:2)ni mag'lub etdi.

Mersisaydliklar hozirda 79 ochko jamg'arishgan. "Liverpul" chempionligini kafolatlash uchun yana 4ta o'yinda g'alaba qozonishi talab etiladi.

Agar "Manchester Siti" ochko yo'qotadigan bo'lsa, klub chempionlikka tezroq yaqinlashadi.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" Angliya chempionatining 1989/90 yilgi mavsumidan beri chempion bo'lmagan. Yurgen Klopp shogirdlari keyingi to'rt turda "Uotford", "Bornmut", "Everton" va "Kristal Pelas" jamoalari bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia