"Liverpul" Yurgen Klopp bepul yashashi uchun Brendan Rojersning uyini sotib oldi

Alisher
16 noya 2019, 14:20
"Liverpul" klubning sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojersning uyini sotib oldi.

Yurgen Klopp Brendan Rojersning uyida 2015 yildan buyon ijarada yashab kelayotgan edi.

Klub uy uchun shimoliy irlandiyalikka 3,75 million funt sterling to'ladi.

Endilikda "Liverpul" Kloppga bu uyda bepul yashash imkoniyatini taqdim etmoqda.

Klub undan keyin keladigan murabbiyga ham ushbu uyda yashash imkoniyatini yaratib beradi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail