"Liverpul" yarim himoyachisini 17,5 mln evroga sotmadi

Alisher
4 avg 2024
"Liverpul" rahbarlari yarim himoyachi Fabiu Karvalyuni "Sautgempton"ga sotmaslikka qaror qilishdi.

Jurnalist Devid Ornshteynning xabariga ko'ra, mersisaydliklar klubning 17,5 million evro miqdoridagi taklifini rad etishdi.

"Qizillar" 21 yoshli portugaliyalikni kattaroq pulga sotishmoqchi. Klub faqatgina to'laqonli transferni ko'rib chiqishga tayyor, rahbariyatni ijara qiziqtirmaydi.

Kalvalyu o'tgan mavsumda ijara asosida "Xall Siti"da o'ynadi. Portugaliyalik 20ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/David_Ornstein