"Liverpul" va "Yuventus" "Bavariya" forvardi uchun kurashmoqda

Alisher Ostonov
12 noya 2025
Germaniya terma jamoasining 30 yoshli hujumchisi Serj Gnabriga Angliyaning "Liverpul" va Italiyaning "Yuventus" klublari asosiy davogar bo'lib turibdi.

Ayni paytda futbolchining Myunxenning "Bavariya" klubi bilan tugayotgan shartnomasi uzaytirilgani haqida ma'lumot yo'q, shu bois hujumchi takliflarga ochiq. Insayderlarning fikricha, "Liverpul"da ustunlik bor, chunki APLda A Seriyadagiga qaraganda bir necha barobar ko'proq maosh taklif qilinadi.

Gnabri "Bavariya" safida 2018 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Forvard joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport