"Liverpul" va "Tottenxem" La Liga yulduzi uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2026, 14:34
Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

U uchun bir vaqtning o'zida APLning ikki top-klubi - "Liverpul" va "Tottenxem" kurash olib boradi.

"TEAMtalk" ma'lumotlariga qaraganda, "qizillar" ham, "shporlar" ham Uilyams uchun 95 mln evro to'lashga tayyor. Aynan shu summa uning amaldagi shartnomasida belgilangan tovon puli hisoblanadi.

"Atletik" ish haqida byudjetini maromiga keltirish maqsadida o'z yulduzi bilan xayrlashishga rozi. Hozirda Niko haftasiga 195 ming evro maosh oladi.

Avvalroq Uilyam spubalgiya (chov sohasining surunkali jarohati)dan tiklanish jarayonida jiddiy asoratlarga duch kelgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk