"Liverpul" va "Real" "Milan" yulduzini nishonga olishdi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023, 13:07
Rafael Leau – so'nggi ikki yil ichida eng ko'p o'sishga erishgan yosh futbolchilardan biri.

2019 yilning yozida "Lill"dan "Milan"ga transfer qilingan vinger o'tgan mavsumdan beri yuqori saviyada o'ynamoqda.

"Rossoneri"ning muammosi shundaki, Yevropaning ikki yirik klubi futbolchini hujum chizig'ini kuchaytiruvchi vosita sifatida ko'radi. "Fichajes" xabariga ko'ra, portugaliyalikni "Liverpul" va "Real" kuzatib borishmoqda.

24 yoshli futbolchining shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning narxi 90 million evro atrofida.

U joriy mavsum A Seriyaning 4 ta o'yinida 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes