"Liverpul" va "Milan" Jordi Gasparga da'vogar

Tolibjon Qosimov
16 mar 2017, 10:49
Angliyaning "Liverpul" va Italiyaning "Milan" jamoalari Fransiyaning "Lion" klubi himoyachisi Jordi Gasparga da'vogar.
Bu haqda "TF1" ma'lumot tarqatdi. "Qizillar" 19 yoshli futbolchini sotib olishga urinib ko'rishdi, lekin rad javobini olishdi. Endi esa himoyachi uchun kurashga "Milan" ham qo'shildi. "Rossonerlar" unga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida qarashmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: TF1