"Liverpul" "Sautgempton" darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2021, 21:50
Angliya chempionati 13-turidan o'rin egallagan "Liverpul" – "Sautgempton" uchrashuvi yakunlandi.

YANGILASH


Liverpul – Sautgempton 4:0

20.00, Enfild

Gol: 2 -Diogu Jota (1:0), 32 -Diogu Jota (2:0), 38 -Tiago Alkantara (3:0), 52 -van Deyk (4:0)

Liverpul
– Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Xenderson, Tiago Alkantara, Fabino, Saloh, Mane, Diogu Jota.

Sautgempton – Makkarti, Livramento, Bednarek, Voynovich, Salisu, Perro, Romeu, Uord-Prouz, Armstrong, Adams, Broya.


UCHRASHUV YAKUNLANDI

Ikkinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

81. O'zgarish: Minamino Jotaning o'rniga maydonga tushdi

79. Chemberlen uzoqdan zarba yo'lladi, darvozabon bartaraf etdi

77. Salaxning zarbasini Salisu boshi bilan burchakka chiqarib yubordi

74. Robertsondan navbatdago super uzatma, bu safar Jotaning zarbasiga aniqlik yetishmadi

67. O'zgarish: Xenderson maydoni tark etdi, uning o'rniga Milner maydonga tushdi

59. O'zgarish: Aleks Oksleyd-Chemberlen Tiago Alkantaraning o'rniga maydonga tushdi

54. Valentino Livramento qanotdan yaxshi to'p uzatmasini amalga oshirdi, biroq Armstrong yana imkoniyatidan unumli foydlana olmad

52. GOOOOOOOOL. Virdjil van Deyk hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

45. ZARBAAAA. Armstrongdan ajoyib zarba, Alissondan xuddi shunday seyv

38. GOOOOOOOOOOOL. Tiago Alkantara uzoqdan zarba yo'lladi, to'p yo'l yo'lakay himoyachiga tegib darvozadan joy olmoqda

Xenderson to'pni Salaxga uzatdi, Salax esa Jotaga. Jota yana bir bor o'zining imkoniyatidan unumli foydlanadi

32. GOOOOOOOOOOOL. Jota dubl qayd etmoqda

30. Salah Xendersonga to'pni uzatdi, ammo mezbonlar sardorining zarbasi ancha nonaiq

28. QANDAY QILIB!!! Armando Broya darvozabon bilan birga chiqib bordi va yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi

24. UXXXXXXX. Trent to'pni ortga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Broya esa jarima maydonchasining ichiga qadar yetib kirdi va zarba yo'lladi. Mezbonlar baxtiga Alisson yaxshi harakat qildi

15. ZARBAAAA. Salah qanot tomondan ajoyib zarba yo'lladi, ammo noaniq

5. Roberson yana qanotdan yorib kirdi va uzatmani amalga oshirdi, biroq Manening zarbasi noaniq

Mane to'pni ajoyib tarzda Robertsonga uzatdi. Mezbonlar himoyachisi esa Jotaga to'pni uzatdi, portugalik futbolchi esa o'zining imkoniyatidan unumli foydalandi

2. GOOOOOOOOOOOOL. Jota ikkinchi daqiqada hisobni ochdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia