

Biroq muxlislar Arne Slot misrliksiz qanday o'ynashini ko'rish imkoniga ega bo'lishadi va bu jarohat tufayli emas.
"FourFourTwo" xabariga ko'ra, bu yil oxirida bo'lib o'tadigan Misr terma jamoasi ishtirokidagi turnirlar bilan bog'liq. Birinchisi, Afrika davlati uchun 2 dekabrda boshlanib, 18 dekabrda yakunlanadigan Arab Kubogi.
Saloh dam olishga ulgurmasidanoq - 3 kundan so'ng Afrika Millatlar Kubogi start oladi va 18 yanvarga qadar davom etadi. Agar "Liverpul" yetakchisi barcha xalqaro o'yinlarda maydonga tugsa, klub darajasidagi 12 ta bahsni o'tkazib yuborishi kerak bo'ladi.
Slot misrlik futbolchisiz Chempionlar Ligasida "Inter" va "Marsel", shuningdek, APLda "Tottenxem" va "Arsenal" kabi yuqori darajadagi o'yinlarni o'tkazishi kerak.
Avvalroq Slot "Liverpul"ning 2 futbolchisi jarohat olganini ma'lum qilgan edi.



