"Liverpul" Robertsonga o'rinbosar topdi

Alisher
4 avg 2024, 13:39
Argentina Olimpiya terma jamoasi va "Lanus" himoyachisi Xulio Soler faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar argentinalikka Endryu Robertsonning uzoq muddatli o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

Argentina klubi agar 15 million evro taklif qilinsa, himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Shu bilan birga, Transfermarkt portali uni atigi ikki million evroga baholamoqda. O'yinchining "Lanus" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun