"Liverpul" "Norvich" futbolchilariga qiziqib qoldi

2 yanv 2020, 23:31
Bu haqida "Liverpool Echo" xabar qildi.

"Kanareykalar" himoyachisi Jamal Lyuis va yarim himoyachi Emiliano Buendiya faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin. Lyuis Endryu Robertsonning o'rinbosariga aylanishi taxmin qilinmoqda. Takidlanishicha, jamoalar har ikki futbolchi transferini yozda muhokama qilib ko'rishadi.

Ma'lumot uchun, 21 yoshli Lyuis APLning joriy mavsumida 14 ta uchrashuv o'tkazgan. 23 yoshli Buendiya esa 21 o'yinda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Liverpool Echo