"Liverpul" muxlislari klub tarixidagi eng yaxshi golni aniqlashdi

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 00:15
"Liverpul" muxlislari ovoz berish orqali klub tarixidagi eng yaxshi golni aniqladi.

Unga ko'ra, klubning 130 yillik tarixi mobaynidagi eng yaxshi golni YCHL yarim finalida "Barselona" darvozasiga Divok Origi kiritgan deb hisoblandi.

Eslatib o'tamiz, 2018/19 yilgi mavsum YCHL yarim finalida dastlabki bahsda mersisaydliklar 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Javob bahsida esa Origi dubl qayd etgan. Uning ikkinchi goli esa jamoani finalga olib chiqqandi.

Ikkinchi va uchinchi o'rinda Stiven Jerardning 2006 yil Angliya Kubogi finalida va 2005 yil YCHL finalida kiritgan gollari qayd etildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal