"Liverpul" Koutinoni Pogbadan qimmat deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2017, 17:12
"Liverpul" o'z yarim himoyachisi Filippe Koutinoning narxini e'lon qildi.

Oldinroq, "Barselona" braziliyalik bilan kelishuvga erishgani, mersisaydliklar esa futbolchini sotish variantini ko'rib chiqayotgani ma'lum bo'lgandi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Liverpul" Koutinoni 150 mln. evroga baholamoqda. Ushbu narx 80 mln. evro taklif qilgan "Barselona"ni qo'rqitishi mumkin.

25 yoshli futbolchiga qiziqish bildirayotgan PSJ esa vaziyatni kuzatmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba 105 mln. evro evaziga "qizil iblislar" safiga qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es