"Liverpul" Jud Bellingemni qo'lga kiritishga juda yaqin

17 noya 2022, 14:45
Mersisayd klubi so'nggi paytlarda top-klublar o'rtasida kurashga sabab bo'layotgan Jud Bellingemni yanvar oyida sotib oladi.

“Qizillar” “Borussiya” Dortmund yulduzi uchun katta mablag' sarflashga tayyor va ushbu shov-shuvli shartnoma qishki transferlar oynasida amalga oshishi kutilmoqda. Ingliz klubi 19 yoshli yarim himoyachiga rasman qiziqish bildirdi va vositachilar bilan ehtimoliy kelishuv haqida dastlabki muzokaralarni olib bordi. “Liverpul” Billengem bilan uzoq vaqtdan buyon mustahkam aloqalarni o'rnatish bilan shug'ullandi. Klub tarixidagi eng yirik kelishuv bo'lishi aytilayotgan bitim muvaffaqiyatli tugashiga hech qanday shubha qolmagani ma'lum bo'lmoqda.

Angliyalik futbolchi uchun kurashda “Liverpul”ga “Real Madrid”, “Manchester Siti” va “Chelsi” raqobat tug'dirmoqda. Shunga qaramay, “qizillar” dunyoning eng ko'p orzu qilingan o'yinchilaridan birini qo'lga kiritish uchun ajoyib poziciyada ekani aytilmoqda.

Manba Football Insider

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Insider