"Liverpul" himoyachisi boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
1 yanv 2020
"Liverpul" himoyachisi Natan Klayn qishki transferlar oynasida jamoadan kyetishi mumkin.

Klayn o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Bornmut"da o'tkazdi.

Futbolchi yozda olgan jarohati sabab yanvar oyining oxiriga qadar maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'lgan edi.

Klayn 2014-2017 yillar davomida Angliya terma jamoasida 14ta o'yin o'tkazgan. 28 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Klayn Londonning "Kristal Pelas" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail