"Liverpul" YCHL yo'llanmasini naqd qildi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025
"Liverpul" "Vest Xem"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, 2025/26 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Ushbu g'alaba orqali "Liverpul" "Arsenal"dan 13 ochkoga ilgarilab ketdi va endi "qizillar" 6 ta o'yin qolganiga qaramay, chempionatni ikkinchi o'rindan pastroqda tugatmasligi aniq.  

"Liverpul" Chempionlar Ligasi 1/8 finalida PSJdan mag'lub bo'lgan edi. Jamoa APLda 76 ochko bilan jadvalni boshqarib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports