"Liverpul" Alkantarani "Al Ahli"ga sotishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023, 10:10
"Liverpul" futbolchisi Tyago Alkantara ham Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, "Al Ahli" ispaniyalik futbolchi uchun 12 million evro taklif qilgan. Avvalroq "Liverpul"dan Fabino, Jordan Xenderson va Firmino kabi futbolchilar Saudiya Arabistoni klublari safiga borib qo'shilgandi.

Alkantara o'tgan mavsumda "Liverpul" safida barcha turnirlarda 28 ta o'yin o'tkazgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L’Equipe