Lippi: "Xitoy terma jamoasi JCH-2018da ishtirok etishi uchun yordam berishga harakat qilaman"

Aslanov Jasurbek
28 okt 2016, 17:34
Bugun italiyalik mutaxassis Marchello Lippi rasman Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi deb e'lon qilindi va u ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.

"Yordamchilarim bilan tezda ishga kirishamiz. Hozir qiyin ko'rinayotgan vazifani bajarishga urinib ko'ramiz. Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Biz muvaffaqiyatga erishamizmi, yo'qmi, bilmayman, ammo bor kuchimizni ishga solamiz. Saralash oxirida Xitoy futboli qanchalik o'sgani ma'lum bo'ladi. Maydonda o'z vatani uchun bor kuchini berib o'ynaydigan jismonan kuchli jamoa yaratishga urinib ko'ramiz. Taktika haqida ham unutmaymiz" - deydi Lippi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia