Lionel Messi: "Boshqa jamoaga ketish haqida o'ylamaganman"

Aslanov Jasurbek
2 okt 2014, 17:17
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi yana bir bor Kataloniya klubini tark etmasligini ta'kidladi.

"Boshqa jamoaga ketish haqida o'ylamaganman, mening barcha o'ylarim "Barselona"ga bog'liq.

Biz shartnomani davom ettirish borasida tez kelishib oldik, menda hech qanday shubha paydo bo'lgani yo'q.

Futbol tarixidagi mening rolim? U yerda qaysi rolda ekanimni bilmayman, men faqat yanada o'sib, sovrinlar qo'lga kiritishni xohlayman

Neymar? U ertami kechmi iqtidori va mahorati tufayli dunyodagi eng yaxshi futbolchiga aylanadi" - deydi Messi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru