"Lion" futbolchisi "Nyukasl" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022, 14:14
"Lion" xavbeki Bruno Gimaraynsh "Nyukasl"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchi yangi klubi uchun muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tdi. Ayni damda shartnoma imzolash uchun so'nggi detallar aniqlashtirib olinmoqda.

"Nyukasl" transfer uchun 33,3 million evro to'laydi. Shuningdek, 6,5 million evro yana bonuslar tarzida vada qilingan.

Ushbu mavsumda Gimaraynsh "Lion" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 6 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports