Lingard Rayola bilan hamkorlik qilishni boshladi

Alisher
6 yanv 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard agentini o'zgartirdi.

Mino Rayola 27 yoshli ingliz futbolchisining agentiga aylandi.

Rayola Lingard bilan hamkorlik qilish ingliz futbolchilari bilan aloqalar o'rnatish strategiyasining bir qismi sifatida ko'rmoqda.

Jessi Lingard joriy mavsum Angliya chempionatida 18ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Lingard "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan buyon Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail