Liga 1. PSJ “Anjer”ga 6 ta gol urdi

3 okt 2020, 07:30
Liga 1 6-turiga start berildi.

Turning ilk o'yinida PSJ o'z maydonida “Anjer”ni qabul qilib, 6:1 hisobida g'alaba qozondi.

Neymar dublga erishgan bo'lsa, Kilian Mbappe, Alessandro Florenci, Yulian Draksler va Idrissa Guyelar o'z hisobida bittadan gol yozdirib qo'ydi.

PSJ ushbu g'alabadan so'ng ochkolari sonini 12 ta etkazib, musobaqa jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

PSJ – Anjer 6:1

Gollar: 1:0 – 7 Florenci, 2:0 – 36 Neymar, 3:0 – 47 Neymar, 3:1 – 52 Traore, 4:1 – 57 Draksler, 5:1 – 71 Guye, 6:1 – 84 Mbappe.

PSJ – Navas, Florenci (Dagba, 72), Bakker, Markinos, Kimpembe (Diallo, 72), Draksler (Guye, 63), Verratti (Sarabiya, 82), Paredes (Errera, 63), Neymar, Ikardi, Mbappe.

Anjer – Bernardoni, Bamba (Manko, 77), Traore, Ait-Nuri (Cho, 82), Eboss, Fyuljeni, Kapel (Mangani, 77), Tiub (Kabo, 68), Kulibali, Pavlovich, Baoken (Doni, 68).

Ogohlantirishlar: Baoken (29), Kimpembe (33), Kabo (73).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia