"Lids" MYU xavbeki uchun 28 million evro taklif qildi

Alisher
3 okt 2020, 12:54
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Daniel Jeyms jamoadan ketishi mumkin.

22 yoshli uelslik o'yinchi "Lids"ga o'tishga yaqin. MYU "Lids" taklifini o'ylab ko'rmoqda va Jeymsni 28 million evroga baholadi.

Xabarlarga ko'ra, muzokaralar tez orada yakunlanishi kerak.

Jeyms o'tgan mavsum APL doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballinsider247.com