"Lids" MYU posboni uchun "Everton" bilan kurashadi

24 iyul 2020, 20:11
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero "Lids Yunayted" va "Everton" klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan, deb xabar qildi ESPN.

Tez orada mazkur jamoalar argentinalik golkiper borasida rasmiy taklif yuborishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 33 yoshli Romero "Manchester Yunayted"ga 2015 yilda "Sampdoriya"dan o'tgan edi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN